Quyoshsimonlar
Quyoshsimonlar — suyakli baliqlar turkumi. Uzunligi 10-80 santimetr, vazni 8 kilogrammgacha. Suzgich pufagi yopiq, jabra pardasi 5-8 nurli. Suzgichlari tikanli: orqa suzgichlari 2, qorin suzgichlari 6-10 nurli (nomi shundan). 50 ga yaqin turi bor. Barcha okeanlarning tropik va iliq suvlarida tarqalgan. Qora dengizda 1 turi uchraydi. Suv tubida, ayrim turlari 1000 metrgacha chuqurlikda uchraydi. Plankton hayvonlar va mayda baliqlar bilan oziqlanadi. mahalliy aholi tomonidan ovlanadi.