Qum tili
Qum tili — dengiz, ko’l, okeanlarning qirg’oq yaqinidagi sayoz joylarida to’lqin keltirgan qum, shag’al, mayda tosh, chig’anoqlardan tashkil topgan, qirg’oqqa parallel cho’zilgan past, kambar quruqlik. Bir tomoni bilan qirg’oqqa tutashgan bo’ladi. Uzunligi 10 kilometr, hatto 100 kilometrga cho’zilgan bo’lishi mumkin. Ayrim hollarda Qum tili ikki qarama-qarshi tomondan qirg’oq bo’ylab kelgan oqiziqtardan vujudga keladi. Bunday Qum tili dengiz tomon turtib chiqqan bo’lib, strelka deyiladi, masalan, Azov dengizini Sivash ko’llaridan ajratib turuvchi arabat strelkasi (uzunligi 100 kilometrdan ziyod, eni 8 kilometrgacha).