Oganesov Tachatamayakovich

Oganesov Tachatamayakovich (1922. 1.2, Armaniston, Leninakan viloyati — 1991.15.5) — rangtasvirchi rassom, O’zbekistonda xizmat kursatgan san’at arbobi (1968). 1933 yildan O’zbekistonda. P. Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurtini (1947) va Repin nomidagi Leningrad rassomlik, haykaltaroshlik va me’morlik institutini (1953) tugatgan. 1954 yildan Toshkent teatr va rassomlik san’ati institutida pedagog, professor (1984). Oganesov ijodini zamondoshlarining portretlarini, mehnat ahlini ulug’lovchi, tabiat manzaralarini Tarannum etuvchi polotnolar yaratishga bag’ishlagan, inson xarakterini ochishda moy-bo’yoqlarning rang va tuslaridan mohirona foydalanadi. «Yozuvchi S. Borodin» (1956), «konchi Mavlonov», «Rassom I. Valdenberg va D. Ushakovlar» (1959), «Haykaltarosh Makarov» (1960), «Professor A. Asqarov» (1975) va boshqa portretlari, «paxtakorlar» (1958), «tog’dagi oqshom» (1958), «qo’shiq» (1965), «cho’lda» (1981), «Oqoltin» (1982) va boshqa asarlari shular jumlasidan.