Taxiatosh gidrouzeli

Taxiatosh gidrouzeli — Amudaryoning quyi qismida qurilgan gidrotexnika inshooti; qurilish 1966 yilda boshlangan, 1976 yilda qurib bitkazilgan. Tuproqli to’g’on va to’siqli darvozalardan iborat. To’g’onning umumiy uzunligi 1650 metr, eni 32 metr, balandligi 8 metr. Darvozali qismining uzunligi 470 metr, 25 darvozadan iborat, har bir darvozaning uzunligi 16 metr. Suv sathi to’g’on tagidan o’rtacha 5,2 metrga ko’tariladi. Gidrouzel darvozalari to’liq ochilganda undan 10500 m3/sekund suv o’tishi mo’ljallangan. Ikki oxirgi darvoza baliq o’tkazishga moslab qurilgan. Gidrouzel to’g’oni Amudaryoning ikkala sohilini bog’laydigan ko’prik vazifasini ham bajaradi. Avtomobillar qztnaydi. Gidrouzelning chap yonboshida shlyuz qurilgan. Uning bo’yi 65 metr, eni 18 metr. Taxiatosh gidrouzeli barpo etilishi bilan daryoning o’ng qirg’og’idan boshlanadigan Qizketgan kanaliga 7 darvozali suv chiqargichrostlagich qurildi. Har bir darvozaning uzunligi 10 metr. Rostlagichning maksimal suv sarfi 425 m3/sekund. To’g’ondan 300 metr quyidagi daryoning chap qirg’og’idan boshlanadigan Suelli kanaliga suv beradigan suv uzatish kanali qazilgan. Gidrouzel Qoraqalpog’iston Respublikasi, Xorazm viloyati, Turkmanistonning Toshhovuz viloyatida qariyb 1 million gektar yerlarni sug’orish imkoniyatlarini beradi.