Mariya Tereziya
Mariya Tereziya (Maria Theresia) (1717.13.5 — Vena — 1780.29.11) — gabsburglar sulolasidan bo’lgan Avstriya ersgersoginyasi (1740 yildan). Avstriya merosi uchun bo’lgan urushda Gabsburglar mulkiga bo’lgan o’z huquqlarini saqlab qolgan (biroq Sileziyadan ajralgan, uni Prussiyadan 1756-63 yillardagi Emmu yillik urushda ham qaytarib ololmagan). Mutlaq davlatni mustahkamlashga qaratilgan bir qator ma’muriy va boshqa islohotlar o’tkazgan.