Mariya

Mariya — xristianlikda Xudo-ona, Iso Masihning onasi. Injilda aytilishicha, Mariya Iosifning xotini bo’lib, ilohiy homilador bo’lgan va Isoni tuqqan. Xristianlikda Mariyaga sig’inish majusiylikdagi Xudo-ona, hosildorlik ma’budasi (Isida, Astarta)ga sig’inish ta’sirida shakllangan. 3-jahon soborida (431 yil) Mariya Xudoning onasi deb rasman tan olingan. Mariyaga sig’inish, ayniqsa, katoliklarda keng tarqalgan. Katolisizmda Mariyaning o’zi ham ilohiy homiladorlik bilan tug’ilganligi haqida (1854 yil), Mariya vafotidan so’ng uning jasadi osmonga ko’tarilib ketganligi haqida (1950 yil) aqidalar qabul qilindi. 1964 yil Papa Pavel VI Mariyani cherkov onasi deb e’lon qildi. Mariya va uning go’dagi mavzusi o’rta asr san’atida katta o’rin egallaydi. Mariya Islom dinida ham ayollar valiysi, homiysi sifatida ilohiylashtirilgan, uning nomi Qur’onda tilga olingan.