Maribor

Maribor — Sloveniyadagi shahar, Drava daryosi sohilida. Aholisi 114,8 ming kishi (2000). Transport yo’llari tuguni. Mashinasozlik va metallsozlik sanoatlari rivojlangan. Kimyo, to’qimachilik, qog’oz, ko’n-poyabzal, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. O’lkashunoslik muzeyi, badiiy galereya bor. Me’moriy yodgorliklaridan 16-asr qurilgan qasr, sobor (12— 16-asrlar), ratusha (16-asr) saqlangan. Shahar yaqinida drava daryosida GES kaskadi qurilgan. Turizm rivojlangan.