ASKLEPIY

ASKLEPIY (Yunoncha Asklepios) — yunon afsonasida tabobat xudosi, Apollon o’g’li. Asklepiy qadimdan tabiblar va doridarmon tayyorlovchilarning homiysi hisoblangan. Asklepiy ibodatxonalari shifoxona sifatida dong taratgan. Asklepiyga e’tiqod miloddan avvalgi 5 — asrdan boshlab kuchayib, ayniqsa Epidavr shahrida tarafdorlari ko’p bo’lgan. Miloddan avvalgi 3 — asrga kelib Asklepiyga e’tiqod Rimga ham yoyilgan.