Hakimov Malik Hakimovich
Hakimov Malik Hakimovich (1921.25.10 — Toshkent — 1980.12.5) — huquqshunos olim. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1972). Yuridik fanlari Doktori (1965), professor (1967). 2-jahon urushi qatnashchisi (1939— 1942). Toshkent yuridik institutini tugatgan (1945). Butunittifoq sirtqi yuridik instituti Toshkent filialining direktori (1949-50). Toshkent yuridik institutida katta o’qituvchi (1950-53). Vtsspsning Toshkent oliy maktabida kafedra mudiri va direktor o’rinbosari (1953-56). Partiya tarixi institutida sektor mudiri (1956— 57). 1958 yildan umrining oxirigacha O’zbekiston Fanlar Akademiyasi falsafa va huquq instituti sektor mudiri. Hakimovning ilmiy ishlari davlat huquqi, o’zbek davlatchiligi tarixiga bag’ishlangan. Toshkent shahri Mirzo Ulug’bek tumanidagi ko’chalardan biri uning nomi bilan ataladi. Ad.: Ezgulikka bag’ishlangan umr, T., 2001.