Hamdoniylar

Hamdoniylar — Suriya va Mesopotamiyada hukmronlik qilgan Arab sulolasi (905-1004). Asoschisi Hamdon xalifalikka qarshi kurashda xorijiylar bilan Birlashgan. Uning Abbosiylar xizmatiga kirgan o’g’illaridan biri Mosul shahriga noib etib tayinlangan (905). Nosiruddavla davri (929-969)da Suriyagacha bo’lgan hududlar Hamdoniylar davlatiga qo’shib olingan. Karvon savdosi yo’liga joylashgan Hamdoniylar davlati ancha rivoj topgan. 968 yil Hamdoniylar buvayhiylar bilan bo’lgan jangda yengildilar. 944 yil Hamdoniylardan sayfuddavla Suriyadagi ixshidiylar sulolasi bilan urushib, Halab, Xims va boshqalar shaharlarni egalladi va Suriyada Hamdoniylarning yangi sulolasiga asos soldi (944). Uning o’g’li Sa’duddavla davri (967-991) da Hamdoniylar davlatiga qo’shni Vizantiya davlati bir necha marta hujum qilib, Halab, Xims shaharlarini egalladi. Hamdoniylar yunonlarga tobe bo’lib qoldi. Hamdoniylarning oxirgi shohi qatl etilgach (1002), ularning davlati tanazzulga uchragan. 1004 yil Fotimiylar Suriyadagi Hamdoniylar davlatini o’zlariga tobe etdilar.