Hammom

Hammom — cho’milish, yuvinish va poklanish uchun qurilgan maxsus bino. Asosiy xonasida issiq Sui va issiq havo (turk, fin, Rim Hammomlarida), issiq suv va bug’ (rus, tatar Hammomlarida) ta’sirida tsrlab, yuviniladi. Inson salomatligida Hammomning aqamiyati katta. Sharq mamlakatlarida o’ziga xos me’moriy Hammomlar qadimdan ma’lum. Yozma manbalar, arxeologiya ma’lumotlari 10-12- asrlarda O’rta Osiyo (Buxoro, Taroz, Niso va boshqa shaharlar) da Hammomlar issiqlikni saqlash maqsadida yerni chuqur qazib, deyarli yer ostida, yarim yer to’la tarzida qurilganini ko’rsatadi. Buxoroda 16-asrda qurilgan Misgaron, Sarrofon Hammomlari saqlangan. Arxitekturasi bir-biriga juda o’xshash bo’lgan bu Hammomlarning yechinish xonasi, choy ichib hordiq chiqariladigan katta (yog’och ustunli) xona, o’rtada asosiy uqalash xonasi, uning atrofida yuviniladigan xonalar bo’lib, ular katta va kichik gumbazlar bilan yopilgan. G’isht, tosh terib ishlangan Hovuzak (bak) larda issiq va qay-noq suvlar, xonalar ostidan qaynoq havo bilan isitilgan. Xonalardan xonalarga o’tilgan (xonalar ichkariga tomon tobora isiy borgan). Oqava suvlar uchun ariqchalar qazilgan, xushbo’y moddalar va kul suv (ishqorli suv) uchun mo’ljallangan hovuzchalar sirti suvga chidamli maxsus qorishmalar («qir») bilan qoplangan. Devorlar ganch bilan suvalgan, sirli sopol parchinlar bilan bezatilgan. Shahrisabz, Qarshi, Xiva (Anushon Hammomi) kabi shaharlarda qad. me’moriy Hammomlar saqlangan. Turkiyada 15-17-asrlarda qurilgan ulug’vor Hammomlar saqlangan. Ularning ko’pchiligi ayollar va erkaklar uchun ikki qismdan iborat simmetrik qilib qurilgan. Boyazid hammomi (1501), me’mor Xo’ja Sinon loyihasi bilan qurilgan chinnili (1545), Xaseki (1556) Hammomlari muhim jamoat binolari qatorida serhashamligi bilan diqqatni tortadi. Zamonaviy Hammomlarning turli-tuman shakllari mavjud; suzish basseynlari, dezinfektsiya kameralari, fizioterapiya tadbirlari uchun xonalari, vannali va dushli, alohida xonalari dushlardan iborat yozgi pavilonlari bo’lgan Hammomlar bor. Hammomlarning tarhi ularning vazifa- siga qarab belgilanadi. Kishi Hammomda yuvinganida uning barcha organizmi ta’sirlanadi. Issiqxonada badanning issiqtik chiqarishi qisman to’xtaydi, uning temperaturasi 38-39° gacha ko’tariladi. Organizmda oksidlanish jarayoni va moddalar almashinuvi kuchayadi. Badandan kuchli ter chiqishi tufayli organizmning moddalar almashinuvida hosil bo’ladigan mahsulotlarning chiqib ketishi zo’rayadi, buyrakning ishi yengillashadi. Issiq havo ta’sirida teri kapillyar qon tomirlari kengayib, qon aylanishi yaxshilanadi. Yurak kasalligi, ateroskleroz, anevrizma, gipertoniya bilan og’rigan kishilar, shuningdek, bolalarning issiqxona (bug’xona)dan foydalanishlari yaramaydi.