Hasbi hol
Hasbi hol (Arabcha — ahvol bayoni, hol-ahvol tasviri) — shoir yoki yozuvchi tomonidan muayyan vaziyatdagi hol-ahvoli bayoniga bag’ishlab yozilgan asar. Hasbi hol ko’pincha masnaviy shaklida yozilib, biror shaxsga (hukmdor yoki yaqin kishisiga) qaratilgan maktub tarzida (masalan, Alisher Navoiyning Sayyid Hasan Ardasher nomiga yozgan masnaviysi) yoki shoirning o’z ahvolidan shikoyati, noroziligi bayonidan iborat bo’lishi mumkin (Mujrim Obidning «hasbi hol»i, Shukuriy masnaviylari va boshqalar). Hasbi hol yozuvchi biografiyasini, u yashagan davrni o’rganish uchun qimmatli manba hisoblanadi.