Harbiy okruglar
Harbiy okruglar — operatsion yo’nalishlarda mamlakatning xavfsizligi va hududiy yaxlitligini ta’minlovchi asosiy harbiy-ma’muriy birlik hamda umumqo’shin tezkor-strategik hududiy birlashmasi. Harbiy okruglar tarifi O’zbekiston Respublikasining 2001 yil 11 mayda qabul qilingan «Mudofaa to’grisida»gi qonunning 12-moddasida belgilab berilgan. Harbiy okruglar zimmalariga yuklangan vazifalarni bajaradilar hamda qonun hujjatlariga muvofiq qarorlar qabul qiladilar. O’zbekiston Respublikasi hududida 5 harbiy okrug bo’lib, ular: Shimoliy-g’arbiy Harbiy okruglar (Qoraqalpog’iston Respublikasi, Xorazm viloyati hududi), okrug shtabi Nukus shahrida; Janubiy-g’arbiy maxsus Harbiy okruglar (Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari), okrug shtabi Qarshi shahrida; Markaziy Harbiy okruglar (Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari), okrug shtabi Jizzax shahrida; Toshkent Harbiy okruglar (Toshkent shahri va Toshkent viloyati), okrug shtabi Toshkent shahrida; Sharqiy Harbiy okruglar (Andijon, Namangan, Farg’ona viloyatlari), okrug shtabi Marg’ilon shahrida joylashgan.