Harbiy fan

Harbiy fan — urushga tayyorlanish va urush olib borish haqidagi bilimlar tizimi. Harbiy fanning eng muhim tarkibiy qismlari: harbiy san’at nazariyasi; qurolli kuchlar qurilishi nazariyasi; qurolli kuchlar harbiy ixtisodiyoti va front orti nazariyasi; harbiy ta’lim-tarbiya nazariyasi va boshqalar. Harbiy fan ijtimoiy, tabiiy va texnikaviy fanlarning maxsus sohalari bilan bog’liq. Harbiy fan uzoq tarixiy davr mobaynida tashkil topgan va rivojlangan. Ilk harbiy-nazariy bilimlar qad. Misr, Eron, Xitoy, Yunoniston va Rimda paydo bo’lgan; urush tajribalari umumlashtirilib, harbiy-tarixiy ma’lumotlar to’plangan. O’rta asrlarda professional armiyalarning paydo bo’lishi, yangicha o’t sochar qurollarning joriy etilishi urush olib borish usullariga ham o’zgartirishlar kiritli. Bu esa, o’z navbatida, Harbiy fanga ta’sir ko’rsatadi. Bu davrda yaratilgan asarlar harbiy-tarixiy bayon xarakterida bo’lsa ham Harbiy fanning kelgusi taraqqiyoti uchun katta ahamiyatga ega. 18-asr urushlarida to’plangan va umumlashtirilgan amaliy jangovar tajribalar harbiy-nazariy fikrning rivoj topishiga sabab bo’ldi. Xususan, Buyuk fransuz inqilobi (18-asr oxiri) Harbiy fan asoslarining tashkil topishida muhim rol o’ynadi. 19-asrda G’arbiy Yevropada Harbiy fan yangicha moddiy-texnika bazasi asosida rivojlandi. Qurol-yarog’va jangovar texnika (ayniqsa artilleriya) takomillashdi, ko’pgina mamlakatlarda harbiy xizmat majburiyati joriy etildi, armiyaning soni o’sdi. Qurolli kuchlar qurilishi, qo’shin ta’limi va tarbiyasi masalalarini ishlab chiqishga kirishildi. Napoleon I Frantsiya qurolli kuchlarini qayta qurib, urush olib borishning yangicha shakl va usullarini ishlab chiqish va qo’llash bilan Harbiy fan taraqqiyotiga salmoqli hissa qo’shdi. 19-asrning 2-yarmida vujudga kelgan bosh shtablar harbiy ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish markazlariga aylandi. Rossiyada harbiy ishning tubdan qayta tuzilishi Pyotr I nomi bilan bog’liq. U strategiya va taktikaning rivojlanishiga katta hissa qo’shdi, qator yirik harbiy islohotlar qildi, harbiy ta’limning samarador usullarini ishlab chiqdi. Rus Harbiy fanining taraqqiyotiga P.A.Rumyantsev, A.V.Suvorov, M.I.Kutuzov, F.F.Ushakov va boshqa yirik sarkardalar salmoqli hissa qo’shdilar. Ikkinchi jahon urushipyan keying davrda fan-texnika taraqqiyoti tufayli harbiy ishda tub o’zgarishlar ro’y berdi. Raketa-yadro qurollari va boshqalar yangicha urush vositalarining paydo bo’lishi va rivoj topishi qurolli kuchlar tuzilishida, mamlakatni ehtimol tutilgan urushga tayyorlashning xarakterida yangi sifat o’zgarishlariga olib keldi. Harbiy fanning xulosalari va ilmiy asoslangan tavsiyalaridan jahonning yetakchi davlatlari o’z mudofaa qudratlarini yanada oshirish yo’lida foydalanmoqdalar. O’rta Osiyo xalqlari tarixida ham Harbiy fan muhim o’rin tutgan. Urxun-Yenisey bitiktoshlari, Nizomulmulkning «Siyosatnoma», Yusuf Xos Hojibning «Qutadg’u bilig» kabi asarlarida harbiy ishga doir qator pandnomalarni uchratish mumkin. Ularda jangga tayyorgarlik ko’rish, janggohni tanlash, qo’shinni saflash, qo’shin ta’minoti va boshqalarga oid ko’plab ma’lumotlarni uchratish mumkin. Amir Temur va Temuriylar davrida harbiy san’atning yuksalishi bilan Harbiy fan sohasida ham nazariy asarlar paydo bo’ldi. Ular orasida «Temur tuzuklari» mumtoz o’rinni egallaydi. Asarda qo’shin boshliqlarini tanlash, armiyaning tuzilishi va jang olib borish qoidalari, eipohiylarning maoshi, qo’shin boshliqlarining burch va vazifalari, ularning alohida xizmatlarini taqtsirlash va boshqalar qayd etilgan. Bu asar keyingi davr hukmdorlari uchun ham dasturilamal bo’lib xizmat qilgan. O’zbekistonda Harbiy fan turli oliy va o’rta harbiy bilim yurtlarida o’qitilib kelinmoqda.