Hasanov Obid

Hasanov Obid (1902, Marg’ilon — 1976.25.8, Toshkent) — aktyor. O’zbekiston xalq artisti (1973). 1919-25 yillarda Qo’qon drama truppasida, 1925-27 yillar Samarqand musiqali teatrida aktyor. 1927-44 yillar Hamza teatrida, 1945— 46 yillar Toshkent yosh tomoshabinlar teatrida, 1946-56 yillarda Qo’qon teatrida, 1958 yildan Hamza nomidagi akademik drama teatrida ishlagan. Hasanov kichik, epizodik rollarning mohir ijrochisi sifatida tanilgan, Eshon (Hamza, «boy ila xizmatchi»), Amir Muzaffar (Uyg’un, I.Sulton, «Alisher Navoiy»), dehqon chol (S.Azimov, «Zamon dramasi»), jarchi (M.Shayxzoda, «Mirzo Ulug’bek») va boshqa rollari shular jumlasidan. Bir qancha filmlarda ham suratga tushgan.