Hindiston miniatyura maktablari
Hindiston miniatyura maktablari — o’rta asrlarda Hindiston miniatyura san’atida shakllangan ijodiy yo’nalishlar. Monumental san’at (jumladan, devoriy rassomlik) tushkunlikka uchragach, mamlakatning turli hududlarida rivoj topgan (11 — 19-asrlar). Bular Boburiylar davri miniatgora maktabi, Gujarot, Rojasthon yoki rajput, dekan, Paxari va boshqa maktablar. Dastlab palma daraxti barglariga yozilgan kitoblarga diniy mavzulardagi rasmlar ishlangan, Krishna, Ram, Shiva, Durga kabi ma’budalar tasviri tushirilgan. Sharqiy Hindiston miniatyura (1050-1550) maktabi mamlakatning Gujarot va Rojasthon hududlarida taraqqiy etgan. Gujarot miniatyura maktabi vakillari (11 — 16-asrlar) avval palma (1050-1400), 1350 yildan qog’ozga bitilgan kitoblarni diniy mavzulardagi tasvirlar bilan bezatganlar. Matn «nagari» yoki «jayn nagari» yozuvida bo’lib, chapdan o’ngga qarab yozilgan; matnning muqaddasligini ifodalovchi o’simlik va girih uslubidagi naqshlar, ramzlar tasvirlangan, sodda kompozitsiyalar ancha murakkablashgan, zaminda me’moriy obidalar, inson qiyofasida uning fiziologik xususiyatlari aks etgan. Gujarot shohlari davri (1396-1572) miniatyuralarida tasvir jonliligi, ranglar tiniqligi, bezak unsurlarining ko’payganligi ko’zga tashlanadi. «Kalpasutra» yoki «Kalakacharyakatxa», «Gita Govenda» kabi diniy mavzudagi asarlar rasmlar bilan ziynatlandi. Sharqiy hind miniatyura maktabi an’analari Rajput miniatyuralarida o’z aksini topgan. Boburiylar miniatyura maktabi (16- asr 2-yarmi — 18-asrlar) Boburiylar saroyida shakllangan, asosan, saroy hayoti va podshohlarning shaxsiy qiziqishlari natijasida rivojlangan. Bu maktab Yevropada mo’g’ul miniatyura maktabi nomi bilan mashhurdir. Markaziy Osiyo minatyuralari mahalliy an’analar bilan uyg’unlashtirilgan, yevropalik rassomlarning Hindistonga olib kelingan asarlarining ayrim xususiyatlarini ham o’zida aks ettirgani bilan ajralib turadi. Humoyun saroyi (Kobul)da to’plangan asli termizlik Mir Said Ali boshchiligidagi rassomlar guruhi 1555 yil Hindistonga kelib yangi miniatyura maktabiga asos soldilar. Bu maktab vakillari Agra, Dehli, Lohur kabi poytaxt shaharlarda yashab ijod qilgan. Akbar shoh davri (1556-1605)da shakllangan, Jahongir (1605-1627) hamda Shoh Jahon (1628-58) davrlarida va undan keyin taraqqiy etib, yuksak darajaga ko’tarilgan. «Qissai Amir «Bahrom sariq qasrda» (Nizomiyning «Haft paykar» asariga ishlangan miniatyura, 17- asr). Hamza» (1557-72, 56 x 71 santimetr o’lchamdagi matoga 1400 ta rasmlar ishlangan), «Boburnoma», «Mahabharata», «Ramayana», «jome ut-tavorix», «Akbarnoma», shoirlar Nizomiy, Amir Xusrav Dehlaviy hamda Alisher Navoiyning «Xamsa» asarlariga ko’plab mo»jaz rasmlar ishlangan. Abdusamad Sheroziy («Shirin qalam»), Dasvanth, Basovan, Farruxbek, Abul Hasan («Nodir uzzamon»), Ustod Mansur («Nodir ul-asr») va boshqalar shu davrlarda ijod etgan. Portret san’ati rivojlandi, inson, uning yuzi aniq tasvirlana boshlandi, asarlarda jonli o’tkir xarakterlar o’z aksini topdi. Miniatyura san’ati dastgoh san’atiga yaqinlashdi, alohida mustaqil mavzularda asarlar yaratildi, yuksak darajadagi mukammal lavhalar va portretlar yuzaga keldi, o’simlik, hayvonot va qushlar aks etgan tasvirlarda Ustoz Mansurning yuksak mahorati namoyon bo’ldi. 17-asr oxiri — 18-asr boshida asarlar mavzuida asosan sevgi sahnalari, uchrashuvlar alohida o’rin tutdi; xalqchil, turli ijtimoiy guruhlar hayoti va manfaati o’z ifodasini topdi. 18-asrdan boshlab bu maktab Hindistonning turli hududlarila rivojlandi, shu yerdagi boshqa mahalliy miniatyura maktablari (dekan, Paxari va boshqalar) rivojiga katta ta’sir ko’rsatdi. Dekan maktabi (16-17-asrlar) Hindistonning Janubdagi madaniyat markazlarida qadimgi devoriy rassomlik an’analari Markaziy Osiyo, Eron va turk miniatyuralari bilan o’zaro uyg’unlashtirilishi natijasida vujudga kelgan. Asosan Ahmadnagar, Bijapur, Bxanda kabi yirik shaharlarda taraqqiy etgan, rasmlarda shu hudud hukmdorlari va yirik shaxslari hayoti o’z aksini topgan, ularda Boburiylar miniatyura maktabi an’analari o’ziga xos tarzda davom ettirilgan. Paxari maktabi («paxari» — aynan «tog’li hudud») G’arbiy Himolaydagi Basoli va boshqa markazlarda yuzaga kelgan. Dastlab rajput maktabi uslubiga ergashildi. Ilk davrlarida qo’lyozma kitoblarning mazmuniga asoslanilgan, tarixiy shaxslarni real aks ettirish, voqealarni haqqoniy ifodalashga ahamiyat berilgan. Voqealar, ko’p shaklli kompoziniyalar shartli manzara zaminida ifodalangan. Asta-sekin badiiy asarlarga aloqasi bo’lmagan, mustaqil rasmlar, ayniqsa, portretlar ishlandi, animalistika rivojlandi. Ketma-ket «Ragamala», «Krishnalil», «Ramayana»ga lavhalar yaratildi, bu harakatning cho’qqisi Radha va Krishna muhabbati va iztiroblariga bag’ishlangan «Gita Govenda» turkumi bo’ldi. Manku, Nayn-Sukx, Sansar Chand va boshqa shu maktab vakillaridir. Rasmlarda ifodalilik yo’qolib bordi, ammo portrstlar zamindagi manzaralarga singib ketadi. Hindiston miniatyura maktablari o’zining taraqqiyoti davomida mavzu va uslublarining mo’lligi bilan ajralib turadi, maktab namoyandalari muhim lahzalarini ilgab olib, uni abadiyga muhrlay olganlar. Abdumajid Madraimov, Ravshan Fatxullayev.