Harbiy o’quv yurtlari

Harbiy o’quv yurtlari -qurolli kuchlarning barcha turlari, qo’shin turlari va maxsus qo’shinlar uchun kadrlar tayyorlovchi o’quv muassasasi. O’zbekiston Respublikasida harbiy o’quv yurtlariga harbiy akademiya, oliy harbiy bilim yurtlari, harbiy kasbga yo’paltiruvchi liseylar, fuqarolik oliy o’quv yurtlarining harbiy fakultetlari kiradi. O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi, Ichki ishlar vazirligining akademiyasi, Toshkent oliy umumqo’shin qo’mondonlik bilim yurti, Chirchiq oliy tank qo’mondon- muhandislik bilim yurti, Samarqand oliy harbiy avtomobil bilim yurti, Jizzax aviatsiya oliy harbiy bilim yurti, Toshkent axborot texnologiyalar universitetining maxsus fakulteti, Toshkent texnika bilim yurti, yong’in xavfsizligi oliy texnika maktabi, serjantlar tayyorlash maktablari hamda fuqarolik oliy o’quv yurtlarining harbiy fakultetlari faoliyat ko’rsatmoqda.