Pann Aleksandr Mixaylovich

Pann Aleksandr Mixaylovich (1914.25.3, Ukraina, Lozovaya shahri — 1993.21.2, Sankt-Peterburg) — operator. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1966). Butunittifoq davlat kinematografiya instituti (VGIK)ni tugatgan (1940). 1946 yildan «O’zbekfilm»da operator bo’lib ishlagan. «Amudaryo bo’ylab», «Samarqand», «Farg’ona vodiysi», «insoniyat besh qo’li» kabi 15 ga yaqin hujjatli, «stadionda uchrashamiz», «qutlug’qon», «ulug’ek yulduzi», «Yettinchi o’q», «achchiq danak», «ertangi dars», «yetti umid kamalagi», «ringga chaqiriladi», «o’zgalar tashvishida» va boshqa badiiy filmlarga operatorlik qilgan.