Hoshimov Abdulla Hoshimovich
Hoshimov Abdulla Hoshimovich (1908.20.9, Toshkent — 1976.21.6) -fiziolog olim. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan va texnika arbobi (1963), tibbiyot fanlari Doktori (1956), professor (1957), O’rta Osiyo tibbiyot instituti davolash fakultetini tugatgach (1933), normal fiziologiya kafedrasida katta laborant, aspirant (1933 — 35), assistent (1935-38), dotsent (1938— 41). Urush qatnashchisi (1941— 45). Toshti normal fiziologiya kafedrasida dotsent (1945-56), ayni vaqtda Riga tibbiyot instituti normal fiziologiya kafedrasida doktorant (1953-56). 1957 yildan ToshTIning normal fiziologiya kafedrasida professor va Toshkent farmatsevtika instituti fiziologiya kafedrasi mudiri (1956-73). Ilmiy ishlari, asosan, sog’lom organizmda hamda tashqi muhitning organizmga ta’siri natijasida qon aylanishining o’zgarishiga oid. As: Vliyanie korn bolshix polushariy na teploregulyaiiyu (Uslovnshe refleksi), T., 1940; Krovoobrashenie pri pishevarenii, T., 1958.