HOSIL BAYRAMI

Ma’nosi

HOSIL BAYRAMI — qishloq xo’jaligi xodimlarining an’anaviy bayrami (O’zbekistonda 1972 yilgacha «paxta bayrami» deb atalgan). Xo’jaliklar, tumanlar, viloyatlar miqyosida o’tkaziladi. Ko’pgina joylarda Hosil bayrami kech kuzda qishloq xo’jalik ekinlari hosili yig’im-terimi tamomlanishiga qarab nishonlanadi. Bayram kunlari ko’rgazmalar, qishloq xo’jalik mahsulotlari yarmarkalari uyushtiriladi; badiiy va sport o’yinlari, ot sporti musobaqalari, ommaviy sayillar o’tkaziladi. Mehnat ilg’orlariga mukofotlar topshiriladi. Hosil bayramida qishloq xo’jalik xodimlari bilan birga shahar aholisi, keng jamoatchilik ham ishtirok etadi.

O‘xshash so‘zlar

H harfi: barcha so‘zlar