Mendosa (Mendoza) Pedro
Mendosa (Mendoza) Pedro (1487- 1537) — ispan konkistadori, Argentina hududini (La-plata havzasi) birinchi bo’lib istilo qilganlardan biri. 1536 yil (boshqa manbalarga ko’ra 1535 yil) Buenos-Ayres shahriga asos solgan. Mendosaning mamlakat ichkarisi tomon yurishni davom ettirishi va Parana daryosi bo’ylaridagi erlarni egallab olishga bo’lgan urinishi muvaffaqiyatsiz chiqib, indeyslarning qattiq qarshiligiga uchragan. Mendosa Ispaniyaga qaytish chog’ida yo’lda vafot etgan.