Meningit

Meningit (Yun. meninx — miya pardasi) — bosh miya va orka miya pardala- rining yallig’lanishi, mikroorganizmlar ko’zg’atadi (q. Miya pardasi). Mustaqil kasallik sifatida paydo bo’ladigan birlamchi va asoratlar tufayli yoki in- fektsiya yuqishi, mas, o’rta quloq,. Burun yondosh bo’shliqlarining yallig’lanishi, gripp, qizamiq, tepki, sil, zaxm oqibatida kelib chiqadigan ikkilamchi M. farqlanadi. M. qo’z-g’atuvchilariga (virusli, bakterial, zamburug’li; sil, zaxm M.i va b.), kechishiga (o’tkir, o’rtacha o’tkir va surunkali M.), orqa miya suyu- kligi (likvor) ning o’zgarishiga qarab (yiringli va seroz M.) ajratiladi. Chi- Vin va kanalar yuqtiradigan infektsion kasalliklar (entsefalit, meningoenefa- lit)da ham M. kuzatiladi. Infektsiya M. b-n og’rigan bemor yoki bakteriya tashib yuradigan «sog’lom» kishilardan (ular b-n so’zlashganda, o’pishganda, bemor AK- sirganda, yo’galganda), aksari yuqori na- fas yo’llari yallig’langan bemorlardan yuqadi. Kattalarga nisbatan yosh bolalar ko’proq kasallanadi. Aksariyat kech kuz, qish va erta bahorda uchraydi. Kasalllk to’satdan boshlanadi, harorat 38-40°ga ko’tariladi, badan uvi-shadi, bemor tez- tez qayt qiladi (ovqat esa-emasa ham), bezovtalanadi. M.ning shakliga qarab klinik belgilari xilma-xil bo’ladi, lekin ularning barchasiga xos ayrim alomatlar mavjud; qattiq bosh og’rig’i, bosh va bo’yin muskullarining tortishi- shi natijasida bemornig boshi orqaga engashgan bo’lib, oldinga ega olmaydi, oyokdari bukilib qoladi. Ba’zan bemor alahlaydi, talvasa tutishi ham mum- kin, tashqi ta’sirotlar (kuchli yorug’lik, qattiq tovush va h.k.)ga ta’sirchan bo’ladi. M. hamisha shiddat b-n boshlanmay- Di. Ikkilamchi M. asta-sekin avj ola- Di; darmon quriydi, bosh og’riydi. Agar biror yuqumli kasallik qo’shilsa, be- Morning umumiy ahvoli og’irlashadi va yuqorida sanab o’tilgan klinik belgilar rivojlanadi. M.ning hamma xilida bemorni dar- hol vrachga ko’rsatib, albatta, kasalxona- ga yotqizish kerak. Davo o’z vaqtida bosh- lansa bemor batamom sog’ayib ketadi. Kasallik qo’zg’atuvchisini tashib yuruv- chilar topilsa, jamoadan ajratiladi va davolanadi. Oldini olish uchun quloq, tomok va burun bo’shlig’ining yallig’lanish va Yi- ringli kasalliklarini o’z vaqtida davo- lash lozim.