Metallarni ishlash

Metallarni ishlash — metal- lar va qotishmalarga issiqlik (termik), mexanik, kimyoviy ishlov berishda baja- riladigan ishlar majmui. Metallarni termik ishlash — metall va krtishma- larning xossacharini (ichki tuzilishi- ni) o’zgartirish uchun qo’llaniladigan amallar: yumshatish, toblash, normallash, bo’shatish, yaxshilash, chiniqtirish, ki- myoviytermik ishlash, passivlash. Yum- shatish — metallarni ma’lum t-ragacha qizdirib, shu t-Rada ma’lum vaqt tu- tib turgach, asta-sekin, ba’zan, pech b-n birga sovitish; bunda metallarning xossalari o’zgaradi. Natijada metal- larning bol-g’alanuvchanligi va plasti- kligi oshadi, magnitlanish va b. xusu- siyatlari yaxshilanadi. Toblash — me- tallarni ma’lum t-ragacha qizdirib, tez sovitish; bunda metallarning bir xil bo’lmagan struktura holatlari mustahkamlanadi, metallarning xususi — yati turlicha o’zgaradi. Normallash — kam (0,3% gacha) va o’rtacha (0,3—0,6%) ugle- rodli po’latni, taxm., 800-950° gacha qizdirib, havoda sovitish; bunda po’lat tarkibidagi yirik donachalar kichrayadi, po’latning mustahkamligi, plastikli- gi va qovushoqligi oshadi. Yaxshilash — termik ishlashning bir turi; 550-650° t-Rada toblash va bo’shatishdan iborat. Dinamik nagruzka ostida ishlaydigan mashina detallari uchun qo’llaniladi. Chiniqtirish — metall va qotishmalarni xona t-rasida ko’p vakt saqlab (tabiiy chiniqtirish) yoki kizdirib (sun’iy chi- niktirish) ularning strukturasi va Xu- susi-yatlarini o’zgartirish. Qattikligi, mustahkamligi, magnit va b. xossala- rini yaxshilash. Metallarni kimyoviy- termik ishlash — metallarni kimyoviy faol gaz, qattiq yoki suyuq mu-hitda yuqori t-Rada qizdirish va shu t-Rada bir oz sovitish. Bunda metall buyumlar sirtqi qatlamlarining ki-myoviy tarki- bi, strukturasi va xususiyati o’zgaradi. Bunga azotlash, xromlash, metallash va b. kiradi. Metallarni mexanik ishlash — qirindi olish yo’li b-n detallarga turli shakl va o’lcham berish. Metall kesish as- boblari (keskich, Parma, zenker, razvyort- ka, freza va b.) va metall kesish stano- klari (tokarlik stanoklari, silliqlash stanogi, randalash stanogi va b.) da ba- jariladi. Metallarni bosim b-n ish- lash — metall zagotovka va buyumlarni qirindi olmay tayyorlash. Metallarning plastikligidan foydalanishga asoslan- gan. Asosiy turlari: prokatlash — me- tallni aylanuvchi tsilindr (jo’va) lar orasidan o’tkazish (raem, a); cho’zish — metall zagotovkani o’z o’lchamidan kichik o’lchamli teshikdan tortib o’tkazish (raem, b); presslash — metallni berk tsilindr teshigidan siqib chiqarish (raem, v); bolg’alash — metallarni bolg’a yoki press b-n ko’p marta va dambadam urib, zarur shakl va o’lchamga keltirish (raem, g); list shtamplash — list, lenta yoki polosa me- tallni qalinligiga uncha xalal etkazmay deformasiyalash (raem, D); bunda metal puanson va matrisaning ish qismiga mos shaklni oladi. Hajmiy shtamplash — me- Tall (zagotovka) ning barcha o’lchamlarini o’zgartirib deformasiyalash (raem, e); bunda metall maxsus asbob (shtamp) bo’shlig’i shaklini oladi. Eritmalar me- Tall sirtida uni korroziyadan sakdaydi- gan yupqa oksid parda hosil qiladi. OK- Sid parda metallni tashki muxit ta’si- ridan sakdaydi, uni ko’rkamlashtiradi. Metall hech qanday modda b-n reaktsiyaga kirishmaydi. Temir, nikel, kobalt, xrom, marganes, alyuminiy va b. metal- lar «passivlanadi», ya’ni maxsus modda- lar — oksidlovchilar (mas, xromatlar) b-n ishlanadi. Ad.: Mirboboev V. A., Vasilev G. P., Metallar texnologiyasi, T., 1971; To’raxonov A. S, metallar texnologiyasi, T., 1974.