Metallar fizikasi

Metallar fizikasi — me- Tall va krtishmalarning atom tuzilishi hamda fizik xossalarini o’rganish b-n shu-g’ullanadigan fizika bo’limi; qattiq jism fizikasinint tarkibiy qismi. 20-a.boshlarida nemis olimi P. Drude metallarning tuzilish modelini taklif qilib, bu model yordamida ularning elektr va issiqlik o’tkazuvchanligini tushuntirdi. Shu modelga ko’ra, metal atomlari oralig’i «elektrongaz» b-n to’lgan. X. Lorents bu nazariyani rivoj- lantirdi va unga gazlar kinetik nazari- yasikya tatbiq qildi. Natijada metallar tuzilishiga oid Drude — Lorents naza- riyasi yuzaga keldi. M.f. metallshunosliknint nazariy asosini tashkil qiladi, metallar, turli qotishmalar olishda hamda ularga me- xaniktermik ishlov berish va ishlatish jarayonida paydo bo’ladigan fizik ja- rayonlarni o’rganadi. Bunda, ayniqsa, me- tallarning atom tuzilishi va kristall panjarasyani, shuningdek, elektronlar harakatini o’rganish mu-himdir. M.f. metall musbat ionlarini davriy (yoki kvazidavriy) elektrostatik maydonda harakatlanuvchi elektronlardan ibo- rat, deb tushuntiradigan kvant nazariya bo’limi; metall va krtishmalarning mu- vozanatlik sharti, ulardagi turli jara- yonlar kinetikasi bo’limi; turli sharo- itda (nagruzka, t-ra, nurlanish ta’siri- da) yangi materiallar yaratish, metall va krtishmalarning mustahkamligi hamda plastikligini o’rganish bo’limidan ibo- rat. Metallarning kvant nazariyasi da metallarning elektr, magnit, ba’zi hollarda mexanik tafeilotlari tax^il qilinadi. Bunda metallarning electron tuzilishi rentgenoskopiya, galvanomag- netik tekshirish, termoelektr effektlar va b. usullar b-n o’rganiladi. Metall va qotishmalarning muvoza- natlik shartlari (holat diagrammasini tuzish va sof metallar uchun faza o’tish nuqtalarini aniqlash) termodinamika krnunlariga asoslanadi. Bunda yuqori (yuz ming ATM gacha) bosimda fazalar mu- vozanati va fazalar o’zgarishi kinetika- si o’rganiladi. Rentgen spektral taxli- li, elektron mikroskopiya va neytrono- grafiya usullari M.f.ning rivojlani- shida, ayniqsa, yangi strukturali metal va qotishmalar olishda muhim ahamiyatga ega (yana q. Metallar).