Hind-gang tekisligi
Hind-gang tekisligi — shimolda Himolay tog’lari bilan Janubda Dekan yassitog’ligi oraligidagi Allyuvial tekislik, Hindiston, Pokiston va Bangladesh hududida. Arabiston dengizidan Bengaliya qo’ltigigacha 3000 kilometrga cho’zilgan. Kengligi 250— 350 kilometr. Hind-gang tekisligi Alp tog’ oldi bukilmasi bo’lib, usti qadimgi va hozirgi allyuviy jinslar bilan to’lgan. Yer yuzasi tekis, suvayirgich qismidan (balandligi 270 metr) Hind va Gang daryolari deltalari tomon pasayib boradi. Hind-gang tekisligini bazi yerlarda jarlik va Daryo terrasalari parchalagan. Iklimi sharqila subekvatorial mussonli, garbiy qismida tropik. O’rtacha temperaturalar yanvarda 12 20°. Iyul oyida 30 — 36°. Yillik yog’in janubi.- sharqida 1500 mm dan Janubi-g’arbida 100- 150 mm gacha kamayib boradi. Yog’in, asosan, sovxoz oylarida yog’adi. Daryo sistemasi zich va sersun, ayniqsa sharqida. Asosiy daryolari: Hind na Gang hamda ularning irmoqlari. Qishki mussonlar va qorning erishi natijasida suv oqimi ko’payali. Mexanik tarkibdi allyuvial tuiroq keng tarqalgan. Sharqiy qismida, Gang va Brahmaputra darslari deltalarila mangrazorlar va doim yashil o’rmonlar zich jonlashgai. Tskislikning markaziy qismida barg to’kuvchan o’rmon va savannalar bor. G’arbida sho’rxok na qumli cho’l landshafti ustun. Hududining kalta qismi ekinyurlarga aylantirilgan, pyuli, bug’doy, paxta va boshqa ekinlar chiqadi. Hind-gang tekisligi jahon tsivilizatsiyasining qadimgi markazlaridan. Aholi zich joylashgan. Hind-gang tekisligida yirik shaharlarlan Dehli. Kalkutta (Hindistop). Karochi, Laxrr (Pokiston) joylashgan.