Qurtova, qurtoba
Qurtova, qurtoba — qurutni qaynagan suvda ezib, ayronni qaynatib tayyorlanadigan parhez tansiq taom. Qurut tuyilib yoki suzma iylab ezilib elakdan o’tkaziladi va qaynagan issiq suvda yog’och qoshiq bilan atalasimon massa hosil bo’lguncha aralashtiriladi. Qozonga solib sust olovda bir qaynatib olinadi va eritilgan sariyog’ (maskayog’) solib aralashtiriladi. Sariyog’ erishi bilan qozonni olovdan olib, kosalarga suziladi. Qadimda chorvador qabilalarning qish, bahor mavsumida tayyorlanadigan taomi hisoblangan. Hozirgi davrda asosan, qishloqlarda tayyorlanadi.