Qurshov
Qurshov (harbiy ishda) — tor- mor qilish yoki asir olish uchun dushmanning muayyan qo’shinlar guruhini boshqa qo’shinlardan ajratib qo’yish, o’rab olish. Kontrataka va qarshi zarba berish natijasida chekinayotgan dushman kuchlarini ta’qib qilib borish jarayonida hamda ba’zan qulay sharoitda kuchlar teng kelsa ham Qurshov amalga oshirilishi mumkin. Bunday paytda dushman havodan to’sib qo’yiladi, dengiz bo’yi yo’nalishdagi dushman esa dengiz orqali to’siladi. 2-jahon urushida sobiq sovet qo’shinlari dushmanning eng yirik qo’shinlar guruhlarini Stalingrad jangi, Berlin operatsiyasi (1945) va boshqalarda muvaffaqiyatli Qurshovga olganlar va tor-mor keltirganlar.