Qo’rchi

Qo’rchi — tarixiy harbiy atama; 1) o’rta asrlarda Turkiston va ayrim Sharq davlatlarida turkiy qabilalarning e’tiborli va ishonchli kishilaridan saroyda tuzilgan maxsus saralangan harbiy qism jangchilari. Hukmdor va nufuzli a’yonlarning shaxsiy qo’riqchilari; 2) Temuriylarda ekinzorlarni qo’riqlovchi harbiy qism jangchilari. Ularning boshlig’i qo’rchi boshi, qurol-aslahalari saqlanadigan joy qo’rxona deyilgan; Shayboniylar va O’rta Osiyoda xonliklar davrida xon o’rdasini qo’riklab turuvchi maxsus harbiy qism jangchilari. Qo’rchi hozirgi paytda zamonaviy gvardiyachi atamasiga to’g’ri keladi.