Qurbonboy jirov Tojiboy o’g’li
Qurbonboy jirov Tojiboy o’g’li (1876 — To’rtko’l tumani Sho’roxon qishlog’i — 1958) — O’zbekiston va Qoraqalpog’iston xalq dostonchisi (1956). Jienmurod jirovnij shogirdi. Yoshligidan xalq qo’shiqlari va dostonlardan parchalarni yodlab yurgan. Dostonlarni o’zbek va qoraqalpoq tillarida kuylagan. Repertuarida 20 dan ziyod doston bor; shundan 17 tasi yozib olingan («Alpomish», «qirq qiz», «Shirin bilan shakar» va boshqalar). Ulardan ba’zilari O’zbekiston Fanlar Akademiyasi til va adabiyot instituti folklor bo’limi arxivida saqlanadi. Ad.: Maqsetov Q., Qoraqalpoqjirov, baxshilari, Nukus, 1983.