Ohaktoshli tuf
Ohaktoshli tuf, travertin- g’ovakli, uyali jins; qaynoq yoki sovuq buloq suvlarida kaltsiy gidrokarbonatning monokarbonat shaklida cho’kishidan hosil bo’ladi. Ko’pincha o’simlik ildizlari, ba’zan quruklikda yoxud chuchuk suvda yashovchi Gastropoda (qorinoyoqli)larning chig’anog’ida uchraydi. Hajmiy massasi kam (1400 dan 1800 kg/m3 gacha). Ohaktoshli tuf ancha keng tarqalgan. Qurilish materiallari, bezak toshi sifatida, shuningdek, ohakni kuydirishda ishlatiladi.