Qo’ng’ir
Qo’ng’ir — qo’ng’irsimonlar oilasiga mansub qush. Sharqiy yarim sharda keng tarqalgan. Tropik hududlarda o’troq yashaydi. Yevropa va Osiyoning janubida qishlaydi. Tanasining uzunligi 60-65 santimetr, og’irligi 800-1000 gramm. Gavdasi duksimon, tumshug’i to’g’ri, o’tkir. Oyoqlari juda kalta. Urchish davrida narining bosh qismi chiroyli patlar bilan qoplanib, 2 ta kokil o’sib chiqadi. Uyasini suv ustiga, qamishlarga ilashtirib yasaydi. 3-5 ta tuxum bosadi. Asosan, baliqlar, suvda va quruqlikda yashovchilar, hasharotlar, mollyuska va boshqalar bilan oziqlanadi.