Oqqo’rg’onchasoy

Oqqo’rg’onchasoy — Samarqand viloyatidagi soy. Zarafshon tizmasidagi Chaqalikalon tog’ining shimoliy yon bag’ridan boshlanib, shimolga oqadi. Uzunligi 25 kilometr, havzasining maydoni 23 km2. Yuqori oqimida Kechkeldik, Tanjoy deb ataladi. Darg’om kanaliga yetmasdan tugaydi. Qor, yomg’ir va buloqlardan suv oladi. O’rtacha yillik suv sarfi 0,2m3/sek., oqim Moduli 11 l/sek, km2. Suvining asosiy qismi bahorning 2-yarmida oqib o’tadi. Oqqo’rg’onchasoy Urgut tumani yerlarini sug’oradi.