Oqcho’p svitasi
Oqcho’p svitasi — Farg’ona vodiysining shimol va shimoliy-g’arbiy qismida joylashgan o’rta pliosen (neogen) qatlamlari tarkibidagi stratigrafik birlik. M. N. Gramm (1959-62 yillar) ajratgan. Oqcho’p svitasi och qo’ng’ir, qizg’ish hamda to’q qo’ng’ir rangdagi giltosh, gilli alevrolit, qumtosh hamda konglomeratlardan tarkib topgan. Umumiy qalinligi 400 metrdan (Izboskan) 800-1000 metrgacha (Oqcho’p, Supatog’). Qatlamlar yoshi ayrim dengiz hayvonlari (gastropodalar, ostrakodalar) hamda subtropik o’simliklar qoldiqlariga qarab aniqlangan. Oqcho’p svitasining ostida baxmaltepa yoki obchak svitalari, yuqorisida kepelli svitasi ajratilgan. Oqcho’p svitasi stratigrafik ahamiyatga ega.