Oxunov Qosimjon
Oxunov Qosimjon (1904— Andijon — 1989.17.5) — O’zbekiston xalq artisti (1967). Shoira E’tibor Oxunovaning otasi. Andijon shahri maorifi qoshidagi musiqa dastasida (1922-24) M.Jabborov, T.Jalilov, Usta Ro’zimatxon kabi san’atkorlardan tanbur, dutor bo’yicha ta’lim olgan. 1924 yildan Andijon teatri aktyori. Tabiiylik, samimiyat, mayin yumor Oxunov ijodiga xos. U, ayniqsa, oddiy mehnatkash xalq vakillari obrazini mahorat bilan ijro etgan. Tabib (V.Yan, Cho’lpon, «Hujum»), Raxim yamoqchi, tabib (G’.Zafariy, «Halima»), Vali (U.Hojibekov, «Arshin mol-olon»), Mullado’st (Hamza, «maysa- raning ishi»), Zayd (Xurshid, «Farhod va Shirin») kabi rollari bilan tanilgan. Xonanda sifatida «Dugoh», «Bayot-5», «Ushshoq» kabi qo’shiqlarni ijro etgan.