Otboshi
Otboshi — ichki Tyan-Shanning Janubiy qismidagi tog’tizmasi, Qirg’izistonda. G’arb-Janubi-g’arbdan Sharq-shimoli- sharqqa tomon cho’zilgan bo’lib, ot-boshi botig’ini shimolda Chatirko’l soyligidan va Janubda Oqsoy sirtlaridan ajratib turadi. Uzunligi 135 kilometr. Eng baland joyi 4786 metr. Metamorfik slanes, ohaktosh, qumtosh, qisman granit va sienitlardan tarkib topgan. Cho’qqisida muzliklar bor (maydoni 150 km2). Tog’-o’tloq va subnival landshaftlar mavjud.