Osma vodiy
Osma vodiy — boshqa vodiyga, dengiz yoki ko’l qirg’og’iga jarlik hosil qilib tik tushgan vodiy. Osma vodiy suv oqimi yoki muzlikning chuqurlatish eroziyasi boshqa vodiydagi chuqurlatish eroziyasidan yoki ko’l va dengizlardagi to’lqin eroziyasidan sekin ro’y berganda hosil bo’ladi, shuningdek, eroziya bazasining yoki dengiz va ko’l suv sathining keskin o’zgarishi, tektonik harakatlar yemirilayotgan tog’ jinslari litologik tarkibining har xilligi natijasida ham vujudga keladi.