ASTAR

ASTAR (Arabcha —berkitish, yopish so’zidan) — 1) avrali ustki kiyim (buyum)ning ichki qavati. To’n, palto, kamzul, poyabzal, ko’rpa, ko’rpachalarning ichki matosi. Astar tikish uchun ishlatiladigan gazlama Astarlik deyiladi; 2) binoning ichki bezagi.