Osventsim

Osventsim — Polshaning Janubda, sola daryosi bo’yida joylashgan shahar. Aholisi 46 ming kishi (1990-yillar o’rtalari). Kimyo sanoati rivojlangan. 1940-45 yillarda Osventsim (nemischa Aushvis) yaqinida nemis fashistlari konslageri bo’lgan. Osventsimda 4 milliondan ziyod kishi qirg’in qilingan. 1945 yil 27 yanvarda Sovet armiyasi tomonidan ozod etilgan. Sobiq konslager hududida muzey ochilgan.