Oltinkon
Oltinkon — Namangan viloyati Pop tumanidagi shaharcha (1966 yilgacha Chodakbosh qishlog’i). Tuman markazi (Pop shahri)dan 46 kilometr. Yaqin temir yo’l stantsiyasi — Pop (50 kilometr). Aholisi 3,6 ming kishi (2003). Asosan, ishchi va xizmatchilar. Shaharchada maktab-internat, qo’shma korxona, klub, kutubxona, mehmonxona, kasalxona, dorixona, tibbiy punkt, savdo, madaniy va maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchalari bor.