Optik shisha
Optik shisha — o’ta shaffof, kimyoviy turgun bir jinsli shisha. Aniq berilgan optik xossalari — nur sindirish ko’rsatkichi (1,47—2,04) va dispersiya koeffisienti (70-78) saqlangan holda tayyorlanadi. Shu ko’rsatkichlariga ko’ra, Optik shisha kronlarga (kichik sindirish ko’rsatkichli va katta dispersiyali) yoki flintlarga (katta sindirish ko’rsatkichli va kichik dispersiyali) bo’linadi. Optik shisha optik asbob va buyumlar (ko’zoynak, ob’yektiv, mikroskop, binokl va boshqalar) tayyorlashda ishlatiladi.