Orbital stantsiya
Orbital stantsiya — yer, boshqa sayyora va oy atrofidagi orbitada uzoq vaqt faoliyat ko’rsatish uchun mo’ljallangan boshkariladigan yoki avtomatik kosmik apparat. Orbital stantsiyani orbitaga yig’ilgan holatda chiqarish yoki orbitaning o’zida yig’ish mumkin. Orbital stantsiyada yer va kosmik fazo tadqiq qilinadi, tibbiy-biologik, texnik eksperimentlar va boshqa ilmiy-amaliy ishlar o’tkaziladi. «Salyut» va «Mir» (Rossiya), «Skayleb» (AQSh) va boshqa kosmik apparatlar Orbital stantsiya hisoblanadi.