Orochlar
Orochlar (o’zlarini Nani deb atashadi) — Rossiyaning Xabarovsk o’lkasidagi xalq. Umumiy soni 900 kishiga yaqin (1990-yillar o’rtalari). Oltoy oilasi tungus-manjur guruhining oroch tilida so’zlashadi. Dindorlari — pravoslavlar, an’anaviy diniy e’tiqodlar saqlangan. An’anaviy mashg’ulotlari — ovchilik (dengiz hayvonlarini ovlash) va baliq ovlash; hunarmandchilik (temirchilik, yog’och, qayin po’stlog’ini qayta ishlash, chana, chang’i va qayiq yasash keng tarqalgan).