Orsk

Orsk — Rossiya Federatsiyasi Orenburg viloyatidagi shahar (1865 yildan). Janubiy Uralda, O’r daryosining Ural daryosiga quyilish joyida. Temir yo’l tuguni. Aholisi 274 ming kishi (1998). «Yujnouralnikel» kombinati, Janubiy Ural mashinasozlik, traktor priseplari zavodlari, rangli metallurgiya, neft kimyosi, oziq-ovqat va boshqa sanoat korxonalari bor. Pedagogika instituti, o’lkashunoslik muzeyi faoliyat ko’rsatadi. Shahar 1735 yilda Rossiya imperiyasi tomonidan Janubiy yerlarni egallash maqsadida qal’a sifatida qurilgan.