Oqtepa

Oqtepa — Anov madaniyatiga oid makonlardan biri (miloddan avvalgi 5-ming yillik oxiri — 3-ming yillikning 2-yarmi). Ashxobod shahridan 3,6 kilometr Janubi-g’arbda joylashgan. Oqtepa dastlab bir urug’ning, keyinchalik yirik oila jamoasining qarorgohi va kichik oilaning qo’rg’oni bo’lgan. Keyingi davrlarga oid xom g’ishtdan ishlangan uy-joylar (4 xonali), xo’jalik buyumlari uchun kichik hujralar xamda oila sajdagohi va boshqalar topilgan. Oqtepada yashagan kishilar dehqonchilik, uzumchilik, chorvachilik bilan shug’ullanganlar. Ular jez qurollar va sirli sopol idishlardan foydalanganlar.