Oqdaryo suv ombori
Oqdaryo suv ombori — Samarqand viloyatida, Zarafshonning Oqdaryo tarmog’i o’rta oqimida Orziko’l qishlog’i yaqinida barpo etilgan gidrotexnika inshooti. 1989 yilda foydalanishga topshirilgan. Daryo suvini mavsumiy tartibga soladi. To’liq hajmi 131,8 million m3, to’g’onning maksimal balandligi 20,0 metr, suv o’tkazish imkoniyati 70 m3/s. Samarqand viloyatining Ishtixon va Navoiy viloyatining Xatirchi tumanlaridagi ekinzorlar suv ta’minotini yaxshilash va yangi yerlarni o’zlashtirish imkoniyatini beradi.