Ochiq shahar
Ochiq shahar (xalqaro huquqda) — urushayotgan tomonlardan biri himoyasiz deb e’lon qilgan shahar. Ochiq shahar harbiy harakatlar maydoni bo’lishi mumkin emas. Ochiq shaharning huquqiy maqomi 1907 yil Gaaga konferentsiyasida qabul qilingan «Quruqlikdagi urush qonunlari va odatlari to’g’risida»gi qoidaga asoslanadi. Unga ko’ra, himoyalanmagan shaxarlar, qishloklar, turar joy yoki imoratlarga xar qanday usulda hujum qilish yoki bombalar tashlash man etiladi. 2-jahon urushi (1939-45) vaqtida, masalan, Parij, Rim Ochiq shahar deb e’lon qilingan edi.