Ochoa (Ochoa) Severo
Ochoa (Ochoa) Severo (1905.24.9, Luarka, Ispaniya — 1993.11.1, Madras) — amerikalik biokimyogar, AQSh milliy Fanlar Akademiyasi a’zosi (1957), tibbiyot doktori. Madrid universitetini tugatgan (1929). 1940 yildan AQShda. Ilmiy faoliyati nuklein kislotalar (NK) biokimyosi, fotosintez mexanizmiga oid. Ochoa genetik kodning ma’nosini ochib berib, NK biosintezi mexanizmini o’rgangan. Polinukleotidfosforilaza fermentini ajratib olib tadqiq etgan. Nobel mukofoti laureati (1959, Kornberg bilan birga).