Oltintog’pegmatit koni
Oltintog’pegmatit koni -Janubiy Bo’kantovda, Uchquduq shahridan 2 kilometr shimoli-sharqda joylashgan. Pegmatit tomirlari tokembriy kremniyli slaneslari va Oltintog’intruziyasi granitlari endokontakt zonasida joylashgan. Ularning tarqalgan maydoni 80— 85 km2 ni tashkil etadi. Qon qalinligi 2,0—2,5 metrli 117 ta pegmatit tanasidan iborat. Pegmatit tomirlarida dala shpatining miqdori o’rtacha 70-75%, kvars 25%. Muskovit va granat minerallari mavjud. Kon razvedka qilingan va qazib olishga tayyorlangan.