Olomous

Olomous — Chexiyaning shimoliy Moraviya viloyatidagi shahar. Morava daryosi bo’yida. Aholisi 225,3 ming kishi (2000). Transport yo’llari tuguni. Mashinasozlik, kimyo, oziq-ovqat, qurilish materiallari sanoati korxonalari bor. 11-asrda Morava orqali o’tgan qadimgi savdo yo’llari kesishgan erda bunyodga kelgan. 12-13-asrlarga oid me’moriy yodgorliklari saqlangan. 19-asrgacha qal’a sifatida ma’lum edi. Universitet bor.