Olmoso’t
Olmoso’t (Ranunculus severtrovii) — ayiqtovondoshlarga mansub ko’p yillik o’t. Poyasi bitta, bo’yi 25-40 santimetr. Ildizi ro’vaksimon, yuqori qismi yo’g’onlashgan. Yopirma (to’p) barglari bandli, poyadagi barglari bandsiz yoki qisqa bandli, ikki-uch karra bo’lingan. Gullari to’g’ri, ikki jinsli, gul-qo’rg’oni murakkab, kosabarglari va tojbarglari odatda beshtadan. Changchilari ko’p. To’pmevasi cho’ziqyoki yumaloq-cho’ziq. Mevachalari mayda, uzunligi 7— 7,5 millimetr, eni 5-6 millimetr. Olmoso’t aprel—may, ba’zan iyunda gullab mevalaydi. O’zbekistonning ko’pgina mintaqalarida o’sadi.